Navoiydagi ko‘chada batut avtomobil yo‘liga chiqib ketdi

Hodisa oqibatlari zudlik bilan tegishli xizmatlar tomonidan bartaraf etilgan.

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Nurota” mehmonxonasining old ochiq maydonida 27-aprel kuni soat 14:45 da batut shamol tufayli uchib, avtomobil yo‘lining qatnov qismiga chiqib ketdi.

Maʼlum qilinishicha, batut elektr yoritish ustiniga zarar yetkazgan. Vaziyat sodir bo‘lgan vaqtda batutda hech kim bo‘lmagan.

Hodisa oqibatlari zudlik bilan tegishli xizmatlar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan-jarohati olganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling