Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi maktablar va bog‘chalarda yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishi tashkil etilishining holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. Bu haqda Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi.
Mazkur tadbir davomida maktab va bog‘chalarda taʼlim sifati, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ovqatlanish sifati va boshqa muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida, ayrim bog‘chalarda bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish qoidalariga rioya qilinmayotgani aniqlandi.
Xususan, ayrim tashkilotlarda go‘sht mahsulotlarining 4/1 qismi yaroqsiz holatda ekani qayd etildi.