Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa qilmishlarni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Turkiyadan chiqarib yuborildi. Bu haqda O‘zbekistondagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
AQSHning Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari hamrohligida ikki nafar jinoyatchi Nyu-Yorkdan Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga olib kelindi.
Yana ikki kishi esa Istanbuldan chiqarib yuborildi.
Keyin ular keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika hududiy ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi.