Toshkent viloyatida 2 nafar qizlarga moʻmay daromad vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan Turkiyaga joʻnatayotgan shaxs, xalqaro aeroportda qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Nurafshon shahrida yashovchi 1999-y.t. ayol (N.K.) oson pul topish maqsadida, Bekobod shahri va Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki nafar qizlar (S.T. va M.M.)ni aldab, moʻmay daromad topishga ishontirgan.
Ularni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.