Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksi 135-moddasiga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda sodir etganlik:

  • 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Shuningdek, ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa:

  • 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutildi.

Ilgari mazkur jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling