Odam savdosida ayblanayotgan fuqaro Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

U aprelda Ummonda hibsga olingan.

Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan odam savdosida ayblanayotgan fuqaro ekstraditsiya qilindi. 

Taqdim etilgan materiallar asosida fuqaro xalqaro qidiruvga eʼlon qilindi. Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Ummon hududida ekanligi aniqlandi. U aprelda ushbu mamlakatda hibsga olingan.

Bir oy oldin Toshkent Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining hamrohligida Ummondan O‘zbekistonga ikki nafar jinoyatchi ayol ekstraditsiya qilindi. Tashrif davomida olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ayblanuvchini topshirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini amalda bajarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling