Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Odam savdosi jinoyatini sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Ularning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston IIVga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ushbu shaxslar:

  • Muxamedova Barno Xusainovna - 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan;
  • Najmiddinova Nozima Faxriddinovna - 1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

Ularning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston IIVga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling