Navoiy viloyatida ohak pishirish xumdonlari faoliyati o‘rganildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Karmana tumani “Yangiariq” MFY hududidagi ohak pishirish xumdonlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilganligi aniqlandi.
Shuningdek, hududlardagi ohak pishirish xumdonlari xatlovdan o‘tkazilganda Karmana tumanida bir nechta ohak ishlab chiqarish sexi noqonuniy tarzda faoliyat yuritib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Belgilangan talablar bajarilmaganligi uchun Karmana tumanidagi “Yangiariq” MFY hududida faoliyat olib borayotgan 36 ta noqonuniy ohak pishirish xumdonlari buzib tashlandi.