Farg‘onada 5,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan gaz taʼminot korxonasi mansabdorlari qamaldi

Ular til biriktirib, chorva fermasi hududida noqonuniy ohak sexi tashkil qilgan.

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida fuqaro T.M. va boshqalar gaz taʼminot korxonasi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirgan holda chorva fermasi hududida noqonuniy ohak sexi tashkil qilgan.

Ular 5,6 mlrd so‘mlik 2,1 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.        

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sudning hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilgan.

Taʼminot korxonasi rahbari M.M.ga 10 yil, uning o‘rinbosari X.M.ga 9 yil, taʼminot korxonasi xodimi A.T.ga 8 yil va fuqaro T.M.ga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling