2025-yil oktabr oyi iliq va quruq bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublikaning kata qismida oylik o‘rtacha harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga nisbatan 1,5 – 2,7 daraja yuqori bo‘ldi.
O‘tgan oktabr oyidagi maksimal va minimal haroratlar oktabr oyiga xos bo‘lmagan ekstremal qiymatlaridan holi o‘tdi.
Jadvalda o‘tgan oktabr oyidagi minimal va maksimal havo harorat qiymatlari meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun oktabr oyidagi mutlaq minimalva maksimal haroratlar bilan taqqoslanishi ko‘rsatilgan.
Oktabr bu yil qurg‘oqchil bo‘ldi, respublika hududining katta qismida yomg‘ir odatdagidan ancha kam bo‘ldi.
Respublikaning janubiy-garbiy va janubiy hududlarida - Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari yog‘ingarchilik deyarli kuzatilmadi, yoki ular juda kam bo‘ldi.
Respublikaning boshqa hududlarida 1-3 kun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi va oylik miqdori 1-5 mmni, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Qoraqalpog‘istonning ba‘zi joylarida 7-12 mm tashkil etdi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va togli hududlarida ko‘proq yog‘ingarchilik kuzatildi, oylik miqdori 20 mm dan 35 mm gacha, Toshkent viloyatining baland tog‘li hududlarida 50-100 mm ni tashkil etdi.
Oy ohirida Oygaing meteostansiyasi hududida ushbu mavsumdagi birinchi qor qoplami qayd etildi. Qor balandligi 10 sm gacha ga yetdi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, janubda va cho‘l hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatildi.
O‘zbekistonda joriy yilning oktabr oyi boshqa yillarga nisbatan eng qurg‘oqchil va eng issiq oylardan biri bo‘ldi.