Guliston tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda oʻtgan sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ulmasjon Mamadaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Olimjon Joʻrayev nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.