Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt o‘rinlari ajratildi

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi.

O‘zbekiston taʼlim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlar uchun tanlov o‘tkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi. 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt o‘rinlari ajratildi.

Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari bo‘yicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling