Olmaliqdagi oilaviy bog‘chada tarbiyachi 2 yoshli bolani urgani aytilmoqda

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada kichik yoshdagi bolaga nisbatan shafqatsiz tarzda tan jarohati yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.

Aniqlanishicha, 16-iyul kuni Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy bog‘cha tarbiyalanuvchisi, voyaga yetmagan 2 yoshli O.M (2023-yilda tug‘ilgan qiz bola) bog‘cha tarbiyachisi Q.G tomonidan kaltaklanib, bolaning chap yuz qismiga jarohat yetkazilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan O.M ga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling