Toshkent viloyatida ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Olmaliq shahar, Zarbuloq MFYda yashagan 1974-yilda tugʻilgan D.X. oʻz yashash xonadonida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga xabar berdi.

Sud-tibbiy ekspertiza byurosining dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, D.X. oʻtkir is gazidan zaharlanish natijasida yuzaga kelgan oʻtkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling