Qozogʻistonda ota-ona qaramogʻisiz qolgan 9 nafar oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi

6−17 yosh oraligʻidagi bolalar vataniga qaytarilishi uchun barcha hujjatlar toʻldirilgan.

Qozogʻistonning Olmaota shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 9 nafar oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 6−17 yosh oraligʻidagi bolalar vataniga qaytarilishi uchun barcha hujjatlar toʻldirilgan.

Ular yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun Oʻzbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling