Mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 21-yanvar kuni Olmazor, Bektemir va Mirobod tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.
- Olmazor tumani: “Jiydali”, “Xislat”, “Mirzo Gʻolib” hamda “Beruniy ” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 11:00 gacha;
- Bektemir tumani: “Iyk ota” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Salar” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.