Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida 5-iyun kuni soat 06:27 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘in qurshab olindi va 07:34 o‘chirildi.
Aytilgan manzilda yong‘in sodir bo‘lgan shaxsiy xonadonlarning birida yoqilg‘i moylash mahsuloti saqlanganligi taxmin qilinmoqda.
Xonadonlar bir biriga tutash bo‘lganligi sababli yong‘in natijasida 4 ta xonadon yonib zararlangani aniqlandi.
Yong‘in natijasida jarohatlangan fuqarolar yo‘q.