Toshkentning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Toshkent shahrining Olmazor va Sergeli tumanlarida gaz ta‘minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Chilonzor tumani K. Sharipova ko‘chasi va Olmazor tumani “Qizg‘aldoq” MFYda joylashgan yuqori bosimli GTPlarni yangi zamonaviy GTPlarga almashtirish ishlari olib boriladi. 

Olmazor tumani (11-dekabr kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha):

  • Aholi iste‘molchilari: “Qizg‘aldoq” MFY hududidagi 125 ta yerli xonadon va 2 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste‘molchilar: 5 ta.

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):

  • Aholi iste‘molchilari: "Yuqori Darxon" MFY

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling