Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 16-sentyabr kuni Olmazor, Sergeli va Shayxontohur  tumanlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

  • Olmazor tumani – O.Xamitov ko‘chasi (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
  • Sergeli tumani – “Nomdanak” , “Xonobod” va “Qutbaraka” MFYlari (soat 11:00 dan 17:00 gacha)
  • Shayxontohur tumani – "Charx Novza"  MFY, Oqtepa mittitumani va Yangiobod ko‘chasi (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling