Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 25-sentyabr kuni Olmazor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

  • Olmazor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) – “Ziyo", “Ziyokor”, “Zamondosh”, “Shodiyona”, “M.G‘olib” va “Unversitet” MFYlari
  • Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) – TXAY ko‘chasi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling