Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 19-apreldan 23-aprelgacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga “Toshkent IES” va PS 110/6 kV “DOK” podstansiyalari oraligʻidagi L-DOK-1 va L-DOK-2 quvvati 110 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmogʻini modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy havo elektr uzatish kabel tarmogʻiga almashtirish ishlari olib borilishi sabab boʻladi.
Shu bois soat 08:00 dan 18:00 gacha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.
Olmazor tumanidagi – 21-sonli oilaviy poliklinika, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Kar soqovlar jamiyati, 16-, 315-sonli maktab, 4-, 20-, 39-MTM.
- MFY — “Ahil” MFY, “Elparvar” MFY, “Ibrohim ota” MFY, “Gulzor” MFY, “Qorasaroy” MFY, “Oltinsoy” MFY qisman, “Moyariq” MFY, “Miskin” MFYlarida.
Tadbirkorlik subyektlarida
1. “Muharram Trede” XK
2. “Medex Textile” QK MCHJ
3. “Zelal Textile” MCHJ
4. “New Castle” XK
5. “Musayev” XK
6. “Xaytmetov” XK
7. “Osiyo batareya” MCHJ
8. “Xaydarov” XK
9. “Akfa Bulding Materials” XK
10. “Rom Farm” XK
11. “Ijod-Ijod” XK
12. “Keramiks plyus” QX MCHJ
13. “Shinokotraktorg” DP
14. “Tashkent Mebel” MCHJ
15. “Iran Karavan” MCHJ
16. “Temir Yoʻllari” XK
Yunusobod tumanidagi – 52- sonli oilaviy poliklinika, Kanalizatsiya nasos stansiyasi (KNS), 52- va 86-sonli maktab, 502-MTM.
- MFY — “Astraobod” MFY, “Turkiston” MFY, “Ming Chinor” MFY, “Nurmakon” MFY, “Sobirobod” MFY, “Hamkorobod” MFY, “Katta Hasanboy”, “Sharq Haqiqati” MFY, “Registon” MFY, “Yoʻlariq” MFY, “Uch Qahramon” MFY.
Tadbirkorlik subyektlari
1. “Jahongir servis” MCHJ
2. “Raupxon” OAJ
3. “Toshkent Metro Qurilish” MCHJ
4. “Sanico Group” MCHJ
5. “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ
6. “Toshkent Metropoliteni” DUK
7. “Biznes Daymond” MCHJ
8. “Megatrans Presstij” XT
9. “Toshkent Issiqlik Markazi” MCHJ
10. “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” UK
Mazkur vaqt oraligʻida ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlab berish maqsadida dizel generatorlari oʻrnatiladi. Mazkur koʻchma qurilmalar ijtimoiy soha obyektini elektr energiyasi bilan taʼminlab beradi.