Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Xabarga asosan poytaxt FVBning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib bordi.
Birlamchi ma‘lumotlarga ko‘ra omborxonada joylashgan sig‘imdan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan.
Ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etildi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.