14- mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga “DOK” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
- Olmazor tumanining: “Ahil”, “Elparvar”, «Yangi Toshkent», “Gulzor”, “Moyariq”, «Ibrohim ota», «Islom ota», “Oltinsoy” hamda “Miskin” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.