Toshkentning bitta tumanidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga avtomobil shikast yetkazdi

Natijada hududdagi 5 ta koʻp qavatli uylardagi 280 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga avtomobilning shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati qayd etildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Natijada hududdagi 5 ta koʻp qavatli uylardagi 280 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Taʼmirlash yakunlanganda soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling