Toshkentda 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Mazkur ishga aloqador barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Toshkent shahar, Olmazor tumani, “Allon” MFYda joylashgan “J. Q.” oilaviy korxonasiga qarashli go‘sht mahsulotlarini qayta ishlovchi sexda tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganildi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

O‘rganish davomida isteʼmolchi dasturdan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan gaz hisoblash uskunasi orqali gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 2 mlrd 611 mln so‘mlik zarar hisoblandi. 

Mazkur ishga aloqador barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling