Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning toʻrtta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 17-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Olmazor tumani (10:30 dan 17:00 gacha): “Chamanbogʻ” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 360 ta yerli xonadon, 7 ta koʻp qabatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Olmazor tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Xastimom”, “Hazrati Imom” MFYlari

  • Aholi xonadonlari soni: 275 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Shayxontohur tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Gulbozor” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 80 ta yerli xonadon, 54 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 13 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Navqiron”, “Olchazor” MFYlari

  • Aholi xonadonlari soni: 163 ta yerli xonadon, 1 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:30 dan 18:00 gacha): “Navnihol” MFY

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 175 ta yerli xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling