Buxoroda 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro L. N. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 1 milliard 22 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling