Andijonda transformator oʻrnatib berish evaziga 4,6 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, “Ayshaxonim” MFY hududidagi 9 ta xonadonning elektr taʼminotini yaxshilash uchun yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 4 600 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling