Toshkent viloyatidagi omuxta yem ishlab chiqarish korxonasida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya”.

Maʼlum qilinishicha, “B. B. A.” OKga qarashli omuxta yem ishlab chiqarish korxonasida hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard 894 million so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling