Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozir 1 haftani tashkil etadi.

O‘zbekistonda 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Bu haqda prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida aytib o‘tildi.

Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida:

  • elektron raqamli imzo beriladi;
  • bankda hisobraqam ochiladi;
  • xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
  • kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
  • shu yo‘nalishga masʼul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.

Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling