Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida 11-mart kuni soat 14:10 da gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom o‘chirildi.
Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan.
Hozirga jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.