Ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 19 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bolalar Rossiyaning turli mintaqalaridagi ijtimoiy muassasalardan vatanga qaytarilmoqda. 

Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalari vatanga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

19 nafar bola O‘zbekiston IIV, IHMA, SSV hamda TIV hamkorligida qaytarildi.

Bolalar Rossiyaning turli mintaqalaridagi ijtimoiy muassasalardan vatanga qaytarilmoqda. Ularning sog‘lig‘i, psixologik holati va huquqiy himoyasi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan. 

O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tasarrufidagi “Inson” markazlari tomonidan muqobil joylashtirish, psixologik reabilitatsiya, ta‘lim tizimiga integratsiya va oilaga qaytarish bosqichlarida to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. 

Shu bilan birga, ularning yaqin qarindoshlari bilan ishlash, ijtimoiy moslashuvni ta‘minlash va mahalla tizimi orqali kuzatuv ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar