11-aprel kuni ob-havo qanday boʻladi?

Harorat kunduzi 26-31° boʻladi

Oʻzbekistonda 11-aprel, juma kuni ob-havo qanday boʻlishi haqida maʼlumot berildi. Oʻzgidrometga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 28-30° boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 28-33° boʻladi.

NAVOIY VA BUXORO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° boʻladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° boʻladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 17-22° boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling