Guliston shahrining “Do‘stlik” MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanalga 29-aprel kuni soat 22:08 larda Onix avtomashinasi haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketdi.
Qutqaruvchilar maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.
Avtomobil masofadan o‘t oldirilgan vaqtda o‘zi yurib kanalga tushib ketgan. Avtomobilda hech kim bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.