Jizzaxda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

2006-y.t. haydovchi Nexia-3 avtomashinasini Kamaz bilan to'qnashgan.

Jizzax shahar, Xayrobod MFY xududidan o‘tuvchi yo‘lda 9-dekabr kuni soat 05:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YPX xabar berdi.

2006-y.t. haydovchi Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda, harakat davomida rul boshqaruvini yo‘qotgan. 

U qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib  kelayotgan, Jizzax 1958-y.t. boshqaruvida bo‘lgan Kamaz-53212 yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. 

Hodisa oqibatida Nexia-3 haydovchisi turli tan jarohatlari olganligi sababli shifoxonada vafot etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling