Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida joylashgan “M.M.M.N” fermer xo‘jaligi faoliyati o‘rganildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
O‘rganishda tumandan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” daryosi hududidan fermer xo‘jaligiga tegishli ekskavator hamda yuk mashinasi yordamida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi ma‘lum bo‘ldi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 43 mlrd 12 mln 057 ming 536 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda qum-shag‘al aralashmasi qazib olingan texnika vositalari vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi.
Tegishli hujjatlar esa holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish maqsadida Samarqan viloyat prokuraturasiga yuborildi.