Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi fuqaro qalbaki 150 ming dollarni “shartli xaridor”ga haqiqiy 30 ming dollarga sotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Mazkur fuqaro, avvalroq, JIB Yangiyer shahar sudining 2024-yil dekabr oyidagi hukmi bilan aybdor deb topilib, 1 yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va hozirda jazo o‘tayotgan shaxs hisoblanadi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Qozog‘istondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan ushbu qalbaki kupyuralarni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi fuqarodan olganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.