Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli eridan kaltaklandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ayol koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun shifoxonada vafot etdi.
Avvalroq, holat yuzasidan erkak ushlanib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.
Endilikda mazkur holat jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgani sababli qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi JKning 126(1)-moddasi 8-qismi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling