Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z faoliyatini yakunlandi

So‘nggi yillarda davlatlar strategik hamkorlarga aylangani aytib o‘tildi.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Fransiya elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalari mislsiz dinamikani namoyon etgani, mamlakatlar tarixiy marralarga erishgani, davlatlar strategik hamkorlarga aylangani aytib o‘tildi.

Saidov elchining aloqalar sarhadlarini kengaytirishga qo‘shgan doimiy hissasini yuksak qadrlanishi va yangi faoliyatida barcha yutuqlarni tilashini bildirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling