Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshiriladi

SSV Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi

Prezidentning “KfW” banki (Germaniya Federativ Respublikasi) ishtirokidagi “Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga koʻra, “Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi boʻyicha quyidagilar tasdiqlandi:

  • loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • loyihani amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarzlarini qaytarish, shu jumladan, qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning prognoz jadvali;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar taqsimoti;
  • xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalarining hududlar boʻyicha taqsimoti.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, grantlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha yuk qabul qiluvchi kontragent hisoblanadi.

Adliya vazirligi Oʻzbekiston va “KfW” banki oʻrtasida imzolangan qarz va grant bitimlari boʻyicha yuridik xulosa beradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling