Jizzax shahrining “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in soat 13:39 da qurshab olingan. Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta maxsus, 2 ta yordamchi texnikalar jalb etildi.
Yong‘in natijasida 2 qavatli umumiy ovqatlanish shoxobchasi va savdo do‘konlarining taxminan 400-500 kv metr maydoni yonib zararlangan.
Yong‘in soat 14:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.