Toshkentdagi koʻchalardan biri 4,5 oyga yopiladi

Haydovchilarga oʻz harakatlarini boshqa yoʻnalishda davom ettirishlari mumkinligi aytildi.

Yangi Oʻzbekiston shoh koʻchasining bir qismi 13-apreldan 1-sentyabrgacha avtomashinalar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yer osti tunneli qurilishi boshlanishi sabab boʻladi.

  • Yopiladigan yoʻl qismi — CAEX koʻrgazma majmuasidan Yangi Oʻzbekiston bogʻiga kiraverishgacha.

Ushbu yoʻl qismining yopilishi sababli, transport vositalarining harakatini taʼminlash maqsadida Olimpiya shaharchasi orqa tomonidan — Murabbiylar koʻchasi orqali qoʻshimcha harakat yoʻnalishi tashkil qilingan.

Haydovchilarga oʻz harakatlarini ushbu yoʻnalishda davom ettirishlari mumkinligi aytildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling