Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq hamda Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Shundan:
- sug‘oriladigan yerlar -1075,45 gektar;
- bog‘lar - 112,69 gektar;
- yaylov va pichanzorlar - 0,65 gektar;
- boshqa yerlar - 120,97 gektar.
O‘rta Chirchiq tumanidan jami 790,76 gektar ajratiladi. Shundan:
- sug‘oriladigan yerlar - 609,95 gektar;
- bog‘lar - 112,63 gektar;
- yaylov va pichanzorlar - 0,65 gektar;
- boshqa yerlar - 67,53 gektar.
Quyi Chirchiq tumanidan esa jami 519 gektar ajratiladi. Shundan:
- sug‘oriladigan yerlar - 465,5 gektar;
- bog‘lar - 0,06 gektar;
- boshqa yerlar - 53,44 gektar.