Toshkent viloyatidagi ovqatlanish maskanida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi, deb xabar berdi “Hududgaztaʼminot” AJ.
Maʼlum qilinishicha, O‘rtachirchiq tumani, “Do‘stlik” MFYda joylashgan, fuqaro I. T. ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida isteʼmolchi hisoblagichdan oldin yashirin yo‘llar bilan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Isteʼmolchi tomonidan 1 milliard 329 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.