Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani, “Bunyodkor” mahallasi, “Izzat” ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi ayol 17-iyun kuni soat 14:10 da hovlisidagi hojatxonaga farzandi tushib ketganligini ko‘rib, baland ovozda yordamga chaqirgan.
Qo‘shnisining ovozini eshitgan qo‘shni yigit hodisa joyiga yetib borib, bolani qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan.
Ushbu ishdan xabar topgan Toshkent viloyati FVB rahbariyati inson hayotini saqlab qolgan fuqaroga samimiy minnatdorlik bildirilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini topshirdi.