Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi quriladi

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

15-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va “Tenge Bank”ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ishga tushirildi.

Shuningdek, “Silkway Central Asia” ko‘p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi hamda poytaxtlarda “Toshkent” va “Ostona” mehmonxona majmualari qurilishi boshlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling