Bir nafar ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan qiz Turkiyadan Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Maʼlum qilinishicha, voyaga yetmagan qiz 15-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Hozirda u Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.
Joylashtirishning muqobil shakli belgilangunga qadar qizga ushbu markazda zarur ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish rejalashtirilgan.
Voyaga yetmagan bolalarning doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrmoqda.