Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikki tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Issiqlik magistralida avariya holati yuzaga kelgan

Toshkent shahrining Uchtepa va Chilonzor tumanlarida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Bunga Farhod ko‘chasidagi (M-3-3, quvur diametri 400 mm) issiqlik magistralida yuzaga kelgan avariya holati tufayli avariyaviy tiklash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.

Ta’minot o‘chirilishi quyidagi manzillarga ta’sir qiladi:

  • Uchtepa tumani: Farhod, Shayxzoda, Katta Xirmon tepa ko‘chalari, 26, 11, 12, G-9a, 24 va qisman 25-uylar.
  • Chilonzor tumani: qisman 19 va 20a massivlari.

Tezkor avariyaviy-tiklov guruhlari allaqachon ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling