Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

“Tashabbusli budjet”da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish mablag‘ ajratildi.

“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumida g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 47 mlrd 657 mln so‘m ajratildi. 

Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e‘lon qilish vakolati berilgan.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bu yerda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling