“O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining bir qismi avtomashinalar harakati uchun yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylantirilmoqda.

Shu munosabat bilan 24-aprel soat 7:00 dan 30-maygacha ko‘chaning Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan, Shahrisabz ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha yopiladi.